8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan oliy ta’lim tizimida ilm-fanni rivojlantirish, innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash hamda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va ilmiy salohiyatini yuksaltirish yo‘lida samarali faoliyat olib borayotgan bir guruh fidoyi ayollar Oliy Majlis Senati Raisining “Faxriy yorlig‘i” bilan taqdirlandi. Quvonarlisi, ushbu e’tirofga sazovor bo‘lganlar qatorida Buxoro davlat texnika universiteti rektori Sadoqat Siddiqova ham bor.  

Mazkur yuksak mukofot Sadoqat Siddiqovaning ko‘p yillik samarali mehnati, yoshlar tarbiyasi, ta’lim sifatini oshirish hamda ilmiy va tashkiliy faoliyat rivojiga qo‘shgan munosib hissasining yana bir yorqin e’tirofi bo‘ldi.  

💐Buxoro davlat texnika universiteti jamoasi Sadoqat Siddiqovani ushbu yuksak mukofot bilan samimiy tabriklaydi va kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.