Festival davomida ishtirokchilar o‘z salohiyatlarini robototexnika, aviatsiya, agrotexnologiya, mashinasozlik, yashil energetika, chip dizayn, arxitektura, tibbiy muhandislik, AI Health Hackathon, dronlar, raketa modellashtirish, Robo Sumo, Robo Football, Line Following, 3D modellashtirish, Urban Challenge hamda muhandislik estafetasi kabi zamonaviy va innovatsion yo‘nalishlarda sinovdan o‘tkazdilar.
Mazkur festival nafaqat universitet talabalari, balki umumta’lim maktab o‘quvchilari, texnikum va kollej yoshlari, mahalla yoshlari hamda inklyuziv yoshlarni ham o‘zida jamlab, ularning ijodiy fikrlashi va texnik qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qildi.
“Kelajak muhandislari festivali” talaba-yoshlarning bilim va mahoratini namoyon etuvchi yirik maydonga aylandi.
Festivalni Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosari Baxtiyor Adilov tantanali ravishda ochib berdi. U o‘z nutqida yoshlarning ilm-fan va texnologiyaga qiziqishini qo‘llab-quvvatlash hamda ularni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekanini ta’kidladi.
Mazkur festival yoshlar uchun nafaqat o‘z iqtidorini namoyon etish, balki kelajak kasbini tanlashda muhim yo‘l-yo‘riq va ilhom manbai bo‘lib xizmat qildi.
